Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun Toshkentning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Bugun Toshkentning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Toshkent shahri hokimligining xabariga ko‘ra, «Mo‘ynoqqa madad» ekologik xayriya velomarafonini o‘tkazish doirasida ishtirokchilarning harakatlanish yo‘li bo‘ylab yo‘llarning quyidagi qismlari harakat uchun 25 may kuni soat 9:30 dan 11:30 gacha yopiladi:

1) Afrosiyob ko‘chasi — «O‘zbekiston» metro bekatidan Nukus ko‘chasigacha (Shox Med Center klinikasi);

2) Nukus ko‘chasi — Oybek ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasigacha;

3) Abdulla Qodiriy ko‘chasi — Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Qorasaroy ko‘chasigacha;

4) Qorasaroy ko‘chasi — Abdulla Qodiriy ko‘chasidan «Hazrati Imom» majmuasigacha;

5) Zarqaynar ko‘chasi — Qorasaroy ko‘chasidan O‘zbek davlat sirkining pastidagi tonnelgacha;

6) Furqat ko‘chasi — O‘zbek davlat sirkining pastidagi tonneldan Islom Karimov shoh ko‘chasigacha;

7) Islom Karimov shoh ko‘chasi – Furqat ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha.

Ushbu yo‘l qismlarida tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilinadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring