Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Benzin, gazda yuradigan mashinalarni sotish taqiqlanadimi?

Benzin, gazda yuradigan mashinalarni sotish taqiqlanadimi?

Foto: «RIA Novosti»

Buyuk Britaniya hukumati qazilma yoqilg‘ida ishlaydigan yangi avtoulovlarning sotilishiga bo‘lgan taqiqni o‘n yil oldin joriy etmoqchi: 2040-yildan emas, 2030-yildan toza energetikaga o‘tish rejalari ko‘zda tutilgan. Bu haqda «The Guardian» xabar berdi.

Ushbu chora Birlashgan Qirollik yo‘llarida elektromobillarning tarqalishini tezlashtiradi. Avtoulovlarda ichki yonish dvigatellarini yo‘q qilish bo‘yicha yangi «yo‘l xaritasi» sentyabr oyi oxirida e’lon qilinishi kutilayotgandi. Manbaga ko‘ra, bu sal keyinroqqa, 2020-yilning oxiriga qoldirildi. Chunki hukumat hozir koronavirus bilan kasallanganlar soni ko‘payishiga qarshi kurash bilan band.

2025-yilda Norvegiya an’anaviy yoqilg‘i hisobiga harakatlanadigan yangi avtomobillarni sotish man etilgan birinchi mamlakatga aylanadi. Germaniya, Irlandiya va Niderlandiyada bu taqiq 2030-yilda joriy etiladi. Fransiyada ekologik toza avtomobillar 2040-yilga kelib raqobatsiz bo‘lib qoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring