Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Benzinda yuradigan avtomobil sotib olish taqiqlanishi mumkin

Benzinda yuradigan avtomobil sotib olish taqiqlanishi mumkin

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonda elektromobil ishlab chiqarish boshlanishi va 2030-yilga borib respublikada sotilayotgan avtotransport vositalarining kamida 15 foizini elektromobillar tashkil etishiga erishish maqsad qilingan. Bu haqda muhokamaga qo‘yilgan Elektromobillarga oid qaror loyihasida so‘z boradi.

Loyihaga ko‘ra, budjet tashkilotlari va ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalar xizmat avtomobillari parkining 2025-yilga qadar kamida 10 foizigacha, 2030 yilga qadar 100 foizi elektromobillarga almashtiriladi.

Budjet tashkilotlari va davlat korxonalarida 2022-yildan boshlab xarid qilinadigan transport vositalarining kamida 20 foizi elektromobillar bo‘lishi talab etiladi. Elektromobillar importi va zaryadlash stansiyalari uchun soliq va bojxona yengilliklari kiritilishi kutilmoqda.

2030 yilga borib budjet pullaridan benzinda yuradigan avtomobil sotib olish man etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring