Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Deputatlar mashina narxini yanada qimmatlashtiradigan qonun loyihasini qabul qilmadi

Deputatlar mashina narxini yanada qimmatlashtiradigan qonun loyihasini qabul qilmadi

Foto: «Xabar.uz»

Oliy majlis Qonunchilik palatasi «Utilizatsiya yig‘imi» qonun loyihasini qabul qilmadi. Garchi ushbu qonun orqali tabiatni muhofaza qilish iddao qilingan bo‘lsa-da, deputatlar e’tiroz bildirgan va shundoq ham qimmat bo‘lgan avtomobil narhini yana-da oshishiga olib kelishini bildirgan. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev ma’lum qilib o‘tdi.

«Kunning birinchi yarmida ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida avtomobillar utilizatsiyasi uchun «Utilizatsiya yig‘imi»ni joriy etishga qaratilgan qonun loyihasi O‘zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishida deputatlar tomonidan qattiq e’tiroz va ikkilanishga sabab bo‘ldi.

So‘zga chiqqan deputat hamkasblarimiz mutaxassislardan bunday tartib kiritilishini asoslab berishni so‘rashdi, biroq tayinli javob bo‘lmadi. Men ham yig‘imni joriy qilishda ekologik vaziyatni yaxshilash bosh maqsad ekanligiga shubham borligini bildirdim. Shundoq ham qimmat avtomobillar utilizatsiya yig‘imi joriy qilinsa yanada qimmatlamasligiga kim kafolat beradi? «Ekologiya» — juda yaxshi bahona topildi.

Xullas fraksiya a’zolarining e’tirozlaridan ko‘rindiki qonun loyihasi ovozga qo‘yilsa qo‘llab-quvvatlanmaydi, shu bois iltimosga ko‘ra, ma’lum muddatga kun tartibidan chiqarib tashlandi.

Bunaqa ko‘rinish va ahvoldagi loyihani yaqin orada o‘tkazmasak kerak. Agar yana... Xullas hammaga insof va chidam», — deya yozadi Kusherbayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring