Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diqqat! Toshkent yo‘llaridan birida harakat bir tomonlama bo‘ladi

Diqqat! Toshkent yo‘llaridan birida harakat bir tomonlama bo‘ladi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilda 110-son maktab binosida ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, maktab o‘quvchilarining darslari vaqtinchalik P.F. Borovskiy nomidagi eski tibbiyot kolledji binosida o‘tkazilmoqda.

Ushbu kichikroq ko‘chadan (Borovskiy ko‘chasi) shuningdek shifoxona, banklardan birining filiali, «Miran» mehmonxonasi va boshqa ofislar joy olishgan... Ko‘chada ko‘plab transportlar harakatlanishadi, endi ushbu ko‘chada bolalar soni sezilarli tarzda oshadi.

Maktab o‘quvchilarining ota-onalaridan kelib tushgan murojaat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari o‘sib kelayotgan avlod ishtirokidagi hodislarni oldini olishga qaratilingan choralar ko‘rishdi.

Caption

Unga ko‘ra, xavfsizlik chorasi sifatida ko‘chaning ushbu hududida avtomobillar harakati vaqtinchalik bir tomonlama bo‘lishiga qaror qilindiShahrisabz ko‘chasidan  Sodiq Azimov ko‘chasi tomon harakat ochiq bo‘ladi. Qarama-qarshi tomondan ko‘chaning mazkur qismi 3.1 «Kirish taqiqlangan» belgisi bilan berkitildiShuningdek Sodiq Azimov ko‘chasidan Borovskiy ko‘chasiga burilish yaqinida 4.1.1 «Harakatlanish to‘g‘riga» yo‘l belgisi ham o‘rnatilgn.

«Hurmatli haydovchilar! Sizdan ushbu faktni yodda saqlashingizni hamda yo‘l belgilariga e’tiborliroq bo‘lib, qoidalarga amal qilishingizni so‘raymiz», deyiladi IIBB xabarida.     

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring