Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ekspertlar o‘g‘irlash qiyin avtomobillar reytingini tuzishdi

Ekspertlar o‘g‘irlash qiyin avtomobillar reytingini tuzishdi

Foto: «Audi»

Buyuk Britaniyaning «Thatcham Research» yo‘l xavfsizligi kompaniyasi mutaxassislari  o‘g‘irlash qiyin bo‘lgan avtomobillar reytingini tuzishdi.

Ta’kidlanishicha, mashina o‘g‘rilari yildan-yilga ustamon bo‘lib ketishyapti. Masalan, ular bir nechta raqamli qurilmalar vositasida masofadan turib mashina eshiklarini oson ochishmoqda.

Yangi avtomobil oluvchilarga ko‘mak berish maqsadida «Thatcham Research» ekspertlari 2019-yilda chiqarilgan 11 ta «inomarka»ni jiddiy sinovdan o‘tkazishdi.

Eng yuqori baho nemislarning «Audi e-tron» va «Mercedes-Benz B-Class» hamda britanlarning «Jaguar XE» va «Land Rover Evoque» modellariga berildi. Bu mashinalar mexanik va masofaviy tahdidlardan yaxshi himoyalanganini ko‘rsatdi.

Sinovdan o‘ta olmagan oltita mashina — «Ford Mondeo», «Kia ProCeed», «Hyundai Nexo», «Porsche Macan», «Lexus UX» hamda «Toyota Corolla Hybrid»  past ballarni oldi. Ularni masofadan turib o‘g‘irlash oson.

Biroq bu borada «Suzuki Jimny»ga yetadigani yo‘q. Uning o‘g‘rilardan birinchi navbatda himoya qilishi lozim bo‘lgan signalizatsiyasi va g‘ildiraklari qulfi ekspertlarda salbiy taassurot qoldirdi va unga eng past ball qo‘yildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring