Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi «GM Uzbekistan» avtomobillari mahalliy shinalarda yuradi

Endi «GM Uzbekistan» avtomobillari mahalliy shinalarda yuradi

Foto: «chevrolet.uz»

Hukumat «Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJni yagona yetkazib beruvchi sifatida tan oldi. Endi budjet va korporativ buyurtmachilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzgan holda, korxona mahsulotlarining xaridini amalga oshirishga haqlidirlar, deb xabar berdi «Norma».

Vazirlar Mahkamasining 24.04.2019-yildagi 350-son qarori bilan «Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJ faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

«Angren» EIZda joylashgan korxona qishloq xo‘jaligi va avtomobil shinalarining yagona yetkazib beruvchisi etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunning 67-moddasi birinchi qismiga  binoan davlat buyurtmachilari «Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJdan ushbu mahsulot xaridining raqobatli tartib-taomilini o‘tkazmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali amalga oshirishlari mumkin. Shu bilan birga,  davlat buyurtmachisi tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridini faqat yagona yetkazib beruvchida amalga oshirishga majbur emas. Boshqa potensial yetkazib beruvchilar ishtirokida xaridning raqobatli tartib-taomilini o‘tkazish taqiqlanmagan.

«Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJni rivojlantirish chora-tadbirlari orasida - 2020-yilga kelib «Jeneral motors» (O‘zbekiston) AJ avtomobillarini 493,3 ming dona mahalliy shinalar bilan birlamchi butlashni ta’minlash. Ya’ni, qariyb 123 ming avtomobil har yili O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan shinalar bilan chiqariladi. Bu 2019-yil uchun rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmining qariyb 49,2%idir.

Respublika bo‘yicha «Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJ shinalari 78 ta avtosalon va 35 ta firma do‘konlarida ham sotiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.04.2019-yildan kuchga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring