Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eski avtomobillar o‘rniga yangisini olish imkonini beruvchi dastur ishga tushdi

Eski avtomobillar o‘rniga yangisini olish imkonini beruvchi dastur ishga tushdi

Foto:«Fotouz»

Prezidentning tegishli farmoniga  asosan ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomobillarni topshirib, qiymati orasidagi farqni to‘lash orqali yangisini xarid qilish imkonini beruvchi «TRADE-IN» dasturi 2019-yil 1- oktyabrdan tatbiq etila boshladi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi. 

Shunga ko‘ra, hukumatning qator qarorlariga «TRADE-IN» tushunchasi, ushbu dasturni qo‘llash tartibi va shartlarini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, avtomobillar fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan rasmiy dilerlik korxonalariga «TRADE-IN» dasturi bo‘yicha sotilganda bitimning notarial tasdiqlanishi talab etilmaydi.

Shuningdek, rasmiy diler mazkur dastur bo‘yicha ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomobilni sotib olganda, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hududiy DYHXX organlariga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar belgilab berildi.

Bunda, avtomobilni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishda DYHXX organlari tomonidan tegishli ma’lumotnoma beriladi, ushbu ma’lumotnoma avtomobilni boshqarish huquqini bermaydi, shuningdek vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring