Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gaz ballonlarga oid yangi qaror chiqarilgani inkor etildi

Gaz ballonlarga oid yangi qaror chiqarilgani inkor etildi

Ijtimoiy tarmoqda transport vositalariga o‘rnatiladigan gaz ballonlarga oid yangi qaror ishlab chiqilganligini va unga ko‘ra, F1 seriyali gaz ballonlar yaroqsiz deb topilganligi haqida video tarqaldi.

«Ushbu tarqalgan video xabar noto‘g‘ri ma’lumot ekanligini, gaz ballonlarga oid xech qanday yangi qaror ishlab chiqilmaganligini ma’lum qilamiz», deyiladi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabarida.

Shuningdek, 2022-yil 22, 23-iyun kunlari Toshkent shahrida «HAVAS FOOD» MChJga tegishli «Samarqand avtomobil» zavodida siqilgan tabiiy gaz uskunalari bilan ishlab chiqarilgan «ISUZU NPR 82L KL5VAY» rusumli yuk avtomobillaridagi gaz ballonlarida portlash sodir bo‘lganligi sababli fuqarolar hayoti va xavfsizligini ta’minlash maqsadida, ushbu zavod tomonidan ishlab chiqarilgan barcha «ISUZU NPR 82L KL5VAY» rusumli yuk avtomobillariga o‘rnatilgan gaz ballonlarini navbatdan tashqari sinovdan o‘tkazilayotganligini ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, ISUZUdagi gaz balloni portlashi videoga tushib qolgandi. Undan avvalroq esa Jizzaxda gaz «zapravka»da VAZ-2106 rusumli avtomobilda portlash sodir bo‘lgani, Yangiyo‘lda esa «Neksiya-2» mashinasi gaz balloni ichidagi odamlari bilan portlagani, uch kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring