Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«GM Uzbekistan» Qashqadaryodagi avtosalon rahbarini ishdan oldi

«GM Uzbekistan» Qashqadaryodagi avtosalon rahbarini ishdan oldi

Foto: «GM Uzbekistan»

«GM Uzbekistan» AJ tomonidan «AS Qashqadaryo Servis» dilerlik markazi avtomobil savdosi bo‘yicha sayyor tekshiruvdan o‘tkazilganda avtosalon faoliyatini tashkillashtirishda hamda mijozlar bilan ishlashda ko‘plab qonunbuzarlik va qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Xususan: 

  • avtomobil savdosida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilmagani;
  • elektron arizalarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olishda o‘rnatilgan tartiblarga rioya qilmaganlik, xususan ro‘yxatga qo‘yishda rad javobi berilganlik;
  • mijozlarga o‘z vaqtida va zaruriy ma’lumotlar berilmaganlik;
  • avtomobillarga shartnoma tuzishda navbatga rioya qilinmaganlik;
  • mijozni ogohlantirmasdan arizalarni bekor qilish;
  • mijozlar uchun qulay sharoitlar mavjud emasligi;
  • xodimlar faoliyatida korrupsiya alomatlarining mavjudligi, shuningdek mijozlarsiz bir qator shartnomalar rasmiylashtirilganlik holatlari.

Tekshiruv natijasida «AS Qashqadaryo Servis» DK rahbari lavozimidan ozod etilgan. Uning o‘rniga yangi rahbar – Hamroyev Shuhrat Zokirovich tayinlangan. Uning zimmasiga mavjud xatoliklarni to‘g‘rilash, dilerlik markazi faoliyatini sifat va xizmat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish topshirilgan. Sh.Hamroyev bundan avval Qashqadaryo viloyati yoqilg‘i-energetika savdosi majmuasida faoliyat yuritgan.

Tekshiruv natijasida aniqlangan hujjatlar Qashaqadaryo viloyati huquq-tartibot organlariga ekspertiza uchun topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring