Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

G‘ijduvonda dahshatli avtohalokat. Vafot etganlar bor

G‘ijduvonda dahshatli avtohalokat. Vafot etganlar bor

Joriy yilning 6 iyul kuni soat 17.15larda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida avtohalokat ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berib o‘tdi.

Ushbu tumanda istiqomat qilgan 58 yoshli M.A. boshqaruvidagi «Lacceti» rusumli avtomashinani Zarangari mahallasida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan Poskati qishlog‘ida yashagan 59 yoshli A.R. boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada ikkala avtomashina haydovchilari hamda «Cobalt» avtomashinasining yo‘lovchisi 54 yoshli R.S.lar jarohat olib voqea joyida vafot etganlar. «Lacceti» avtomashinasining uch nafar yo‘lovchilari jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar. Shuningdek «Lacceti» avtomashinasining 1 nafar va «Cobalt» avtomashinasining besh nafar yo‘lovchilariga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring