Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokim o‘rinbosarlariga «Chevrolet Niva» beriladi

Hokim o‘rinbosarlariga «Chevrolet Niva» beriladi

Foto: «newauto.kz»

Yurtimizda 8-10-dekabr kunlari qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni va Hosil bayramini nishonlash rejalashtirilgan. Bu tadbirlar bugun Surxondaryo viloyatida boshlandi, deb xabar bermoqda «O‘zA».

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Xorazm, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida bayram tadbirlari va ommaviy sayllar 9 dekabr kuniga belgilangan. Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi xodimlari esa 10 dekabrda bayram qiladi.

Xabar qilinishicha, Samarqand viloyatida tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga «Chevrolet Niva» rusumli xizmat avtomashinalari topshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring