Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIO xodimining qonuniy talabini bajarmagan haydovchiga nisbatan chora ko‘rildi

IIO xodimining qonuniy talabini bajarmagan haydovchiga nisbatan chora ko‘rildi

Joriy yilning 10 aprel kuni soat 12:50 larda Samarqand shahar Bo‘stonsaroy va Amir Temur ko‘chalari chorrahasida viloyat IIB YHXB va DSEOM xodimlari tomonidan fuqaro J.B. boshqaruvidagi «Spark» rusumli transport vositasi to‘xtatilib, karantin davrida avtomashinada harakatlanishga maxsus ruxsatnoma taqdim etish so‘ralganida haydovchi xodimlarning qonuniy talablarini bajarmasdan avtomashinasini qarama-qarshi yo‘nalishda boshqarib, noma’lum tomonga ketib qolgan.

Samarqand shahar ma’muriy sudi tomonidan J.B.ga nisbatan to‘plangan hujjatlar joriy yil 27 aprelda ko‘rib chiqilib, huquqbuzar J.B.ga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 194-moddasi 1-qismi va 128-5-moddasi 2-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring