Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident yangi qonunni imzoladi

Prezident yangi qonunni imzoladi

Illyustrativ foto

«Byurokratik to‘siqlar yanada qisqartirilishi hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillari joriy qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–638, 28.09.2020) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzganligi, shuningdek sug‘urta polisining haydovchi yonida bo‘lmasligi transport vositalarini ushlab turishga asos bo‘lmaydi.

Shuningdek, Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilish vaqtida undan turar joyidan ma’lumotnoma talab qilinishi bekor qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring