Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Jiguli» haydovchisi qoida buzdi va hayotdan bevaqt ko‘z yumdi

«Jiguli» haydovchisi qoida buzdi va hayotdan bevaqt ko‘z yumdi

Joriy yilning 16 fevral kuni soat 08:10 larda Chilonzor tumani, Do‘mbirobod ko‘chasi «Qurilish mollari» bozori qarshisida Chilonzor tumanida yashagan M.A. «VAZ 2106» rusumli transport vositasida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib, Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida yashovchi Sh.A. boshqaruvida bo‘lgan «Isuzi» rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

To‘qnashuv natijasida «VAZ-2106» rusumli transport vositasi haydovchisi M.A. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni so‘rab qolamiz.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring