Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kecha Toshkentda 450 ta mashina jarima maydonchasiga joylandi (foto)

Kecha Toshkentda 450 ta mashina jarima maydonchasiga joylandi (foto)

Yo‘l-patrul xizmati va Milliy gvardiya hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan 7 aprel kuni Toshkent yo‘llarida 758 ta yo‘l harakati qoidabuzarligi faktlari qayd etildi. 450 ta avtomobil jarima maydonchasiga joylandi.

468 ta avtomobil shahar bo‘ylab ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlangan. Bundan tashqari, shahar bo‘ylab tegishli ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanayotgan haydovchilarning 271ta avtoulovi jarima maydoniga joylashtirildi.

Ularga nisbatan sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan huquqbuzarlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54 moddasi 2 qismiga «Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish» ko‘ra bayonnomalar rasmiylashtirildi. Mazkur moddaga binoan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha ya’ni (4 mln. 460 ming so‘mdan 6 mln. 690 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha ya’ni (6 mln. 690 ming so‘mdan 11 mln. 150 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solinishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring