Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mashina boshqarayotib uxlab qolmaslik uchun nima qilish kerak?

Mashina boshqarayotib uxlab qolmaslik uchun nima qilish kerak?

Foto: «Pikabu»

O‘ta qisqa, shu bilan birga o‘ta dog‘uliki bu lahzali uyqu. Oniy uyqu — yo‘lda haydovchilar duch kelishi mumkin bo‘lgan eng katta xavf-xatarlardan biri.

Avtomobil boshqarib ketayotgan haydovchining charchoq va mizg‘ib olish xohishi, afsuski, noyob hodisa emas. Ayniqsa, bu uzoq safarga otlanganlarga taalluqli. Afsuski, haydovchilarning qo‘pchiligi bunga ahamiyat berishmaydi va unchalik jiddiy qabul qilishmaydi. Lekin keyingi pushaymon o‘zingga dushman: ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, oxiri o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisalarining taxminan 25 foizi aynan mashina boshqarayotgan haydovchining uxlab qolishi tufayli kelib chiqqan.

Rulda uxlab qolmaslikning chorasi bor

  • Qovoqlar og‘irlashib, oldinda ketayotgan mashinalargacha bo‘lgan masofa qisqarib borayotgandek tuyulsa, iloji boricha tezroq to‘xtash uchun joy topib, albatta mizg‘ib olish kerak (5—10 daqiqa).
  • Eshikni oching, o‘rningizdan turmasdan, oyoqlarni yerga qo‘ying va boshni iloji boricha pastga eging: miyaga qon kelib, uni kislorodga to‘yintiradi va shu tariqa tezda o‘zingizga kelasiz.
  • Uzoq safarga otlanishdan oldin yengil ovqat tanovul qiling (baliq, meva-sabzavotlar).
  • Yo‘lga chiqishdan kamida sakkiz soat oldin alkogol qabul qilmang.
  • Mashinalar to‘xtash joyida besh daqiqa gimnastika qilib, bir necha marta chuqur nafas oling.
  • Quloq solinchagini qizdirib ishqalang yoki yuzingizni shapatilang.
  • Sovuq suvda yuvining.
  • Har ikki soatda meva yeb, ko‘proq toza suv iching.
  • Quyuq qahva oniy uyquda yordam bermaydi: kofein 2 soatdan keyingina ta’sir ko‘rsata boshlaydi.
  • Quvvatbaxsh, energetik ichimliklarni ichmang: qisqa fursatli tetiklikdan so‘ng o‘zingizni yanayam horg‘in sezasiz.
  • Tashqaridan toza havoning muntazam kirib turishini ta’minlang.
  • Holatingizni tez-tez o‘zgartirib turing.
  • Salonda harorat 21°C darajadan oshib ketmasligi kerak.
  • Yo‘lda qisqa fursatga bo‘lsa ham tez-tez to‘xtab turing. Dastlab — har 2 soatda, keyin — har 60 daqiqada.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring