Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toshkent savdo markazi» bozori oldidan mashina olib qochildi

«Toshkent savdo markazi» bozori oldidan mashina olib qochildi

Foto: Tergov departamenti

2021-yilning 7-yanvar kuni taxminan soat 11:30 dan 12:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs Chilonzor tumani TXAY ko‘chasining «Toshkent savdo markazi» bozoriga tutashgan qismida qarovsiz qoldirilgan avtomobilni olib qochdi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 35 yoshli Asror K.ga tegishli bo‘lgan oq rangli «NEXIA 2» rusumli avtomashinasining eshigi qulflanmasdan ochiq holda qoldirilgan bo‘lgan.                  

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani buyicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida oq rangli «NEXIA 2» rusumli avtomashina Toshkent viloyati Bekobod tumani  hududidan texnik soz holatda topilgan va ushbu jinoyatni 36 yoshli Sherzod X. sodir etganligi aniqlangan.  

Dastlabki tergov jarayonida Sherzod X., protsessual tartibda ushlanib unga nisbatan ayblov e’lon qilingan va «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring