Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashinangizni telefon orqali boshqarasizmi? «O‘zavtosanoat» startap-loyihalar g‘olibini ma’lum qildi

Mashinangizni telefon orqali boshqarasizmi? «O‘zavtosanoat» startap-loyihalar g‘olibini ma’lum qildi

Foto: O‘zavtosanoat

«O‘zavtosanoat» AJ tomonidan UzAuto Market innovatsion platformasida o‘tkazilgan startap-loyihalar tanlovi yakuniga yetdi. Tanlovda butun O‘zbekiston bo‘ylab 140 ta loyiha topshirildi. Ushbu loyihalar orasida nafaqat mashinasozlik, balki tibbiyot, AKT, marketing va boshqa sohalar ham bor edi.

Kuchli yigirmatalikka kirgan loyihalar prezentatsiyasi UzAuto Market startap-platformasida o‘tkazildi. Yakunda «O‘zavtosanoat», Innovatsion rivojlanish vazirligi, Turin politexnika universiteti va IT Park vakillaridan iborat hay’at a’zolari tomonidan g‘oliblar aniqlab olindi.

Birinchi o‘rin — Shohrux Haydarovning Shaxcar Smart System loyihasi. Ushbu tizim mobil telefon orqali avtomobilni ovozli boshqarish imkonini beradi.

Ikkinchi o‘rin — Zafar Toshpo‘latovning sun’iy intellekt yordamida sut bezi raki kasalliklariga tashxis qo‘yish dasturi.

Uchinchi o‘rin — Ramil Rafikovning Dreamdash — Cobalt avtomobillari uchun pribor paneli loyihasi.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Market innovatsion platformasida o‘tgan startap-loyihalar tanlovi «O‘zavtosanoat» tashabbusiga ko‘ra tashkil etilgan edi. UzAuto Market startap-maydonchasi — O‘zbekistondagi ilk o‘ziga hos loyiha bo‘lib, yosh iqtidorlarga avtomobilsozlik sohasida yangi g‘oyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Yosh ixtirochilar uchun chetdan kiritiladigan sarmoyasiz, mustaqil ravishda biznes boshlash oson emas. Ushbu platformada nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyodan keladigan ixtirochilar va investorlar o‘zaro uchrashish imkoniga ega bo‘ladi.

Startap platforma — ixtirochilar, ishlab chiqarish zavodi va xaridor o‘rtasidagi hamkorlikning yangicha ko‘rinishi bo‘lib, ular maydonchada bevosita uchrashishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring