Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Old g‘ildiragi tormozlanib qolgan avtobus ag‘anab tushdi

Old g‘ildiragi tormozlanib qolgan avtobus ag‘anab tushdi

Bekoboddda avtobus old g‘ildiragining tormozlanib qolishi sababli yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

2020 yil 02 fevral kuni, soat taxminan 12.00larda Bekobod shahar, Me’mor ko‘chasida joylashgan aylanma harakatlanish joyida, Bekobod shahar ATS MChJga tegishli «Midibus» rusumli avtobus texnik nosozligi (avtobusning old balonining tormozlanib qolishi) sababli o‘ng tomonga yonboshlab qolib yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Natijada avtobus ichida bo‘lgan 20 nafar yo‘lovchilardan 3 nafariga tez tibbiy yordam ko‘rsatishlik uchun shahar shoshilinch tez tibbiy yordam markaziga yotqizilgan. Avtobus Bekobod shahar markaziy bozoridan Sirdaryo viloyatining Shirin shahridagi GES tomonga harakatlanishda bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring