Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda haydovchisiz boshqaradigan avtomobillar texnologiyasi rivojlantiriladi

O‘zbekistonda haydovchisiz boshqaradigan avtomobillar texnologiyasi rivojlantiriladi

Foto: TATU matbuot xizmati

Kecha, 18-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Koreya elektronika texnologiyalari instituti (KETI) vakillari tashrif buyurishdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrifdan maqsad – TATU hamda KETI  o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘lib, uchrashuvda universitetlar o‘rtasida ilmiy-amaliy loyihalarni rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha fikrlar almashildi.

Foto: TATU matbuot xizmati

Uchrashuvda ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlik doirasida kelajakda haydovchisiz boshqariluvchi avtomobillar – «Utonomus driving car» V2X texnologiyasini rivojlantirish bo‘yicha kelishib olindi.

Ma’lumot o‘rnida: Koreya elektronika texnologiyalari instituti Janubiy Koreyaning 5 ta shahrida o‘z filiallariga ega bo‘lib, «Axborot va aloqa», «Mexanika va rabototexnika», «Suniy intillekt», «Aqlli shahar», «3D printer», «Biotexnologiya», «Qishloq xo‘jaligiga AKTni joriy qilish» yo‘nalishlari bo‘yicha jahonning turli nufuzli kompaniyalari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar olib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring