Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ruxsatnomasiz tonirovka uchun jarima miqdori yana oshirilishi mumkin

O‘zbekistonda ruxsatnomasiz tonirovka uchun jarima miqdori yana oshirilishi mumkin

Foto: «Xabar24»

Ichki ishlar vazirligi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 126-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida» qonun loyihasi tayyorlandi.

Hujjatga ko‘ra, MJTKning 126-moddasi tahrirlanib, jarimalar quyidagicha belgilanish taklif qilingan:

  • Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon oynali, tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, xuddi shuningdek transport vositalarining orqa yoki old yon oynalarini tegishli ruxsatnomasiz tusini o‘zgartirish (qoraytirish), – bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi;
  • Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, – bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
  • Transport vositalarining orqa va old yon oynalarini tegishli ruxsatnomasiz tusini o‘zgartirish (qoraytirish), – bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
  • Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, – bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda bazaviy hisoblash miqdori — 223 000 so‘mni tashkil etadi.

Hujjat 17 oktyabrgacha muhokama qilinadi.  

Qayd etish lozim, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining mazkur — 126-moddasiga 2019-yilning may oyida ham o‘zgartish kiritilib, jarimalar miqdori keskin oshirilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring