Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar chiroyli avtoraqamlar uchun 245 mlrd. so‘m sarflashdi

O‘zbekistonliklar chiroyli avtoraqamlar uchun 245 mlrd. so‘m sarflashdi

Foto: «theopenasia.net»

Tovar xom ashyo birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, «Avtoraqam» elektron savdo platformasi ishga tushirilganidan buyon umumiy qiymati 245 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan 50 mingta avtomobil raqam belgilari sotildi.

Eslatib o‘tamiz, yuridik va jismoniy shaxslar avtoraqamlar sotuvi bo‘yicha 2017-yildan buyon o‘tkaziladigan savdolarda vositachilarning ishtirokisiz, ya’ni bevosita o‘zlarining shaxsiy kabineti orqali ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, 2019-yilning o‘zida onlayn auksionda 72,3 milliard so‘mlik 17 448 ta avtoraqam sotilgan. Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 4,1 million so‘mni tashkil etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring