Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qachon osmondan tushamiz?

Qachon osmondan tushamiz?

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Holatimiz ma’lum, aholining aksariyat qismining maishiy ahvoli ham. Orzuga ayb yo‘q — to‘g‘ri, biroq ko‘rpaga qarab oyoq uzatish ham kerak-da. Shunga qaramay mezonni baland olaverganimiz chatoq-da.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Akramxon Boboxonov, vazirlikning jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Qutbiddinxon Burxonov hamda IIV YHX bosh boshqarmasi mas’ullari ishtiroki brifing bo‘lib o‘tgani haqida xabar berildi. Unda «Yo‘l harakati qoidalari»ga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, buning ahamiyati va natijalari haqida mutasaddilarning baland ohanglardagi axboroti eshitildi. Gap bo‘lishi mumkinmas: keltirilgan statistikalar ko‘plarda shubha tug‘dirsa ham, niyat nekbin-da, nima bo‘lsayam yo‘l harakati talafotlarini imkon qadar kamaytirishga harakat qilinmoqda.

Biroq talabga yarasha taklif ham bo‘lishi kerak-da.

Tadbirda jarimalar miqdori haddan ziyod katta ekani xususidagi e’tirozlarga javob berar ekan, ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Yevropa mamlakatlaridan misol keltirishga tushdi. Kunduzi chiroq yoqib yurish majburiyatini ado etmagan ko‘hna qit’aning qator davlatlarida belgilangan jarimalar miqdori erinmay sanaldi. Shvetsiyada uncha, Chexiyada muncha, Xorvatiyada...

Darhaqiqat, bizdagi mezonlarga taqqoslaganda jarima miqdorlari labga uchuq toshirgudek.

Ammo aholining ijtimoiy ahvoli, real daromadi-chi? Bu borada O‘zbekiston bilan Yevropani taqqoslab bo‘ladimi?

Turgan gap, bu haqda churq etilmadi.

Tadbirning savol-javob qismida hamkasblarimizdan biri ayni shu masalani ko‘tardi: janoblar, avval yashash sharoiti bo‘yicha Yevropaga yetvolaylik, ana undan keyin ulardagi va bizdagi ma’muriy jazo choralari xususida gapirsak, biroz yarashadi.

Tabiiyki, bu savolga lo‘nda javob bo‘lgani yo‘q.

Qachon osmondan tushamiz?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring