Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ravon avtomobillari Rossiyada yig‘iladimi?

Ravon avtomobillari Rossiyada yig‘iladimi?

Foto: «TASS»

O‘zbekistonning Ravon avtomobillari Rossiyadagi Derways zavodida yig‘iladi. Bu haqida «Izvestiya» nashri o‘z manbalariga tayangan holda ma’lumot tarqatgan.

Nashr tomonidan ta’kidlanishicha, garchi yaqinda Ravon brendiga qarshi bankrotlik holatini tasdiqlash bo‘yicha da’vo qo‘zg‘atilgan bo‘lsa-da, Derways zavodida avtomobil yig‘ish bo‘yicha qulay imkoniyatlardan foydalanishga qaror qilingan. Ushbu zavod butlash qismlarini bojsiz olib kirish huquqiga ega.

Ayni vaqtda Derways zavodida Ravon avtomobillarini yig‘ish uchun konveyerni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Yoz faslining o‘rtalarida dastlabki modellarni yig‘ish boshlanadi. Joriy yilning oxiriga qadar to‘liq kuch bilan ishga tushish rejalashtirilgan.

Ammo Ravon kompaniyasining Rossiyadagi ofisi vakillari ushbu ma’lumotga izoh berishni xohlamadi. Rasmiy javobga ko‘ra Rossiya bozorlariga faqat O‘zbekistondan import qilingan avtomobillar yetkazib beriladi. Shu bilan birga Derways kompaniyasining 51 foiz aksiyalariga egalik qiladigan «SBK Resurs»dan ham javob olishning iloji bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Derways konveyerlarida Xitoyning Chery, Lifan, Brilliance va Hawtai avtomobillari yig‘ilar edi. Ammo o‘tgan yilning oxirida ular zavoddan chiqib ketishgan. Chunki Rossiya federatsiyasi tergov qo‘mitasi tomonidan Derways kompaniyasiga qarshi yirik miqdorda soliq to‘lamaslik aybi bilan ish ochilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring