Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sifatsiz bo‘yoq sabab yangi «Lasetti»ning eshiklari almashtirildi

Sifatsiz bo‘yoq sabab yangi «Lasetti»ning eshiklari almashtirildi

Foto: «autostrada.uz»

Koson tumani Sherbek mahallasida yashovchi Ro‘ziqul Rasulov «AS-Qashqadaryo servis» avtosaloni bilan 2018 yil 28 noyabrda  tuzilgan  shartnomaga  asosan 128 679 875 so‘m to‘lab sotib olingan «Lasetti» rusumli avtomashinaning sifatsizligidan norozi bo‘lib, Qarshi shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza bilan murojaat etgan.

Murojaatda qayd etilishicha, yangi avtomashina sotib olinganidan so‘ng bor yo‘g‘i 9500 kilometr  masofani bosib o‘tgan, avtosalon tomonidan esa 20 000 kilometr masofogacha benuqson ishlashiga kafolat berilgan. Biroq avtomashinani yuvish jarayonida old kapot va orqa yon eshiklarida  bo‘yoq ko‘chish holatlari kuzatilgan va bu «Lasetti»ni sifatsiz holatga keltirgan.

Ushbu murojaat federatsiya xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi va Ro‘ziqul Rasulovning shikoyati asosli ekanligi kuzatildi va mutaxassislar ishtirokida avtomashinadagi nuqsonlar dalolatnoma asosida rasmiylashtirildi. Ya’ni, yangi avtomashinaning old kapoti va orqa yon eshiklarida sezilarli darajada rangi ko‘chib tushganligi aniqlandi.

Mazkur murojaat bo‘yicha iste’molchining buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida «UzAvto Motors» AJga avtomashinadagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan murojaat bilan chiqildi. Ishlab chiqaruvchi tomonidan «Lasetti»ning bo‘yoqlari ko‘chib, sifatsiz holga kelib qolgan old kapoti va orqa yon eshiklari yangisiga almashtirib berilishi ta’minlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring