Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UzAuto Motors» avtomobillar ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatadi

«UzAuto Motors» avtomobillar ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatadi

Foto: «Uz Auto Motors»

«UzAuto Motors» zavodi profilaktika ishlari sababli avtomobillar ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

26 avgustdan «UzAuto Motors» AJ zavodlarida har yillik rejali profilaktika ishlari boshlanadi. Ushbu tadbirlar doirasida texnika qurilmalari, kommunal xo‘jalik, muhandislik-kommunikatsion tizimlarni ko‘zdan kechirish va modernizatsiyalash hamda korxonani kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari amalga oshiriladi.

Ta’kidlanishicha, profilaktika ishlari shartnoma tuzilgan avtomobillarni yetkazib berishga ta’sir qilmaydi. Barcha tayyor avtomobillar shartnomaga ko‘ra o‘z vaqtida topshiriladi.

Avtomobillar ishlab chiqarish joriy yilning 23 sentyabrida qayta yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring