Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tesla» bankrot yoqasida: yana bir oy...

«Tesla» bankrot yoqasida: yana bir oy...

Foto: «Vesti Ekonomika»

Taniqli tadbirkor Elon Mask qo‘l ostidagi «Tesla» kompaniyasi ulkan qarzga botib qoldi. Kompaniya 1-mart kuni sarmoyadorlaridan qariyb milliard dollarlik qarzini uzib qo‘yishi kerak, ammo buncha puli yo‘q...

Ekspertlar kompaniya qarzni yopish uchun zarur 920 million dollarning faqat yarmini uza oladi, degan to‘xtamga kelishgan. Qolganini aksiyalari bilan ham uza olmaydi, chunki oxirgi yili ularning narxi o‘ta pasayib ketdi, deb yozmoqda «RIA Novosti».

«Tesla» so‘nggi fursatgacha aynan aksiyalari qimmatlashishiga umid qilib keldi, biroq 2018-yil yakuniy natijalari hammasini chippakka chiqardi — kompaniya milliard dollar zarar bilan chiqdi. Buning ustiga global bozorda elektromobillar chiqaruvchi yangi-yangi kompaniyalar paydo bo‘layotgani dard ustiga chipqon bo‘lyapti.

Ammo umid oxirida o‘ladi degan gap bor. Mask «Tesla»ni bankrotlikdan saqlab qolishiga ishonuvchilar ham topiladi. Chunki o‘tgan yili aksiyadorlar agarda Mask yana o‘n yil kompaniya boshqaruvida qolsa va uning kapitalizatsiyasini 650 milliard dollarga chiqarsa, 55 milliard dollar yordam berishga va’da berishuvdi. Aks holda esa hech vaqo yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring