Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus YTHga uchradi, boshqa biri esa buzilib qoldi

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus YTHga uchradi, boshqa biri esa buzilib qoldi

O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi 2020-yil 12-yanvar kuni Samara — Chimkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan avtobus Aqtobe viloyati hududida texnik nosozlik tufayli to‘xtab qolgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi. Avtobus ichida 53 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. 13-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da avtobus remont ishlari yakunlangach, marshrut bo‘yicha harakatlanishda davom etdi.

Bosh konsulxona, shuningdek 13-yanvar kuni Aqtobe — Orenburg trassasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergani, natijada voqea joyida haydovchi, O‘zbekiston fuqarosi E.M. halok bo‘lgani va yana bir vatandoshimiz I.K. turli jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgani haqida ham xabar berdi.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va Qozog‘istonning tegishli organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda yana bir bor O‘zbekiston fuqarolari e’tiborini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida qish mavsumida Qozog‘istonga kirishda yoki uning hududidan o‘tishda ehtimoliy xatarlarni hisobga olish va tegishli choralar ko‘rish zarurligiga qaratadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring