Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tonirovkani yoz oylari uchun bepul qiling» — deputat

«Tonirovkani yoz oylari uchun bepul qiling» — deputat

Foto: «Xabar.uz»

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev yana bir bor tonirovkani bepul qilish masalasini ko‘tardi.

«Tashqarida kamida 40 daraja issiq. Tabiiyki, bunday issiqda fuqarolarning iqtisodiy faolligi va mehnat samaradorligi pasayadi. Kunduzi issiqdan jon saqlab, kechki salqinda ko‘chaga chiqar desang, karantin cheklovlari sabab soat 20:00dan keyin deyarli barcha xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyati ham to‘xtatilmoqda.

Qisqasi, yozning jazirama issiq kunlari nafaqat fuqarolarga noqulaylik yaratilyapti, balki mamlakat YaIM, ayniqsa xizmat ko‘rsatish sohalari rivojiga qattiq zarba bo‘lmoqda.

Lekin birgina yilning issiq mavsumida avtomobil oynalarini qoraytirishga bepul yoki minimal to‘lovlar asosida ruxsat berilishi fuqarolarning iqtisodiy faolligi va samaradorligi oshishi hamda mamlakat iqtisodi o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniq.

Tonirovkani pullik qilishni o‘ylab topgan hurmatli rahbarlar, odamlarni o‘ylamasangiz ham, hech bo‘lmasa iqtisodiyotni, soliqlar tushumini o‘ylang iltimos. Iqtisodiyot o‘sishi, budjetga ko‘proq pul tushishini istasangiz, tonirovka narxlarini yoz oylari uchun bekor qiling», deb yozadi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring