Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent avtobuslari dezinfeksiya qilinmoqda

Toshkent avtobuslari dezinfeksiya qilinmoqda

Qish faslining iliq kunlarida turli yuqumli kasallik viruslari keng tarqaladi. Buning oldini olish uchun esa har yili mutasaddi tashkilotlar tomonidan unga qarshi emlash va dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi.

Hududiy sanitariya va epidemiologiya markazlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq «Toshshahartransxizmat» AJ tasarrufidagi avtobus saroylari hamda ularga biriktirilgan shohbekatlarda ham navbatdagi dezinfeksiya ishlari boshlandi.

«Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmatining xabar berishicha mavsumiy xastaliklarning oldini olish maqsadida o‘tkazilayotgan bu yilgi sanitariya tadbirlari bir hafta davom etadi. Ushbu muddatda avtosaroy va ulardagi transport vositalari hamda poytaxtdagi barcha shohbekatlarda dezinfeksiya ishlari bajariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring