Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent markazidagi ayrim ko‘chalar bir necha kunga yopiladi

Toshkent markazidagi ayrim ko‘chalar bir necha kunga yopiladi

Foto: Xabar.uz

Yoshlar uchun «Toshkentda besh tashabbus» tadbirlari o‘tkazilishi munosabat bilan joriy yilning 21 may kunidan 25 may kuniga qadar soat 06:00 dan  00:00 gacha  quyidagi ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati cheklanadi:

  • Buyuk Turon ko‘chasining A.Navoiy va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
  • Zarafshon ko‘chasining A.Navoiy va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
  • Istiqlol ko‘chasining Buyuk Turon ko‘chasi va Amir Temur shoh ko‘chasi oralig‘idagi qismi;
  • Mustaqillik shoh ko‘chasining Zarafshon ko‘chasi va Amir Temur xiyoboni oralig‘idagi qismi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring