Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda piyodaga yo‘l bermagan 15 haydovchi jarimaga tortiladi (video)

Toshkentda piyodaga yo‘l bermagan 15 haydovchi jarimaga tortiladi (video)

Foto: «iibb.uz»

Ketma-ket 15 avtomobil piyodalar o‘tish yo‘lidagi yo‘lovchini o‘tkazib yubormagani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi, deb xabar berdi «Gazeta.uz».

17-may kuni «Voditeli Tashkenta» guruhi foydalanuvchilaridan biri poytaxtdagi piyodalar o‘tish yo‘llaridan birida haydovchilar tomonidan ommaviy tarzda yo‘l harakati qoidasi buzilgani tasvirlangan videolavhani joylashtirdi.

Videoregistrator yozib olgan videoda poytaxtdagi Baynalminal ko‘chasida boshqarilmaydigan piyodalar o‘tish yo‘lagi oldida keksa yoshdagi erkak kishini o‘tkazib yuborish uchun bir mashina to‘xtaydi. Biroq qolgan 15 ta avtomobil to‘xtab turgan mashinaga e’tibor qilmasdan, yon harakatlanish chizig‘idan o‘tib ketaveradi.

Haydovchi piyodani o‘tkazib yuborish kerakligi haqida ogohlantirish avariya chirog‘ini yoqib, avtomobilni qo‘shni yo‘lakka o‘tkazadi. Biroq mashinalar to‘xtash o‘rniga qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib bo‘lsa-da, harakatni davom ettiraveradi.

Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, ushbu holat bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda va avtomobil egalariga jarima bayonnomalari tuzilishi boshlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring