Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda ayrimlar uchun yo‘l haqi 100 so‘mga arzonlashadi

Toshkentda ayrimlar uchun yo‘l haqi 100 so‘mga arzonlashadi

Foto: Xabar.uz

ATTO kompaniyasi jamoat transporti kartalarining barcha egalari uchun kutilmagan aksiyani boshladi.

Unga ko‘ra, 1 avgustdan 30 sentyabrgacha ATTO kartasi orqali to‘lovlarni amalga oshirishda yo‘lovchilar Toshkent shahrida bo‘ylab harakatlanuvchi avtobuslarda belgilangan 1400 so‘m o‘rniga 1300 so‘m to‘laydilar.

Yaqinda xuddi shunday aksiya 1 avgustda avtomatlashtirilgan to‘lash tizimi jotiy etilgan Guliston shahridagi jamoat transportida ham boshlanadi. Yil oxirigacha Sirdaryo viloyatining viloyat markazida ATTO kartasi bilan yo‘l haqi uchun to‘lash 10 foizga arzonroq, ya’ni har bir harakatlanish uchun 900 so‘m bo‘ladi.

Shuningdek, transport kartalari egalari poytaxtning bir nechta yo‘nalishli avtotransportlarida harakatlanish uchun chegirmalar amal qiladi.

Ma’lumot o‘rnida hozirga qadar 350 mingga yaqin transport kartasi sotilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring