Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentga konditsionerli MAN avtobuslari keltiriladi

Toshkentga konditsionerli MAN avtobuslari keltiriladi

Foto: «Sputnik»

2018-yilda Toshkent avtobus parki konditsioner bilan jihozlangan 80 dona MAN avtobuslari bilan boyiydi, deb xabar berdi «Sputnik».

Siqilgan gazda ishlaydigan past polli avtobuslar Samarqanddagi «JV MAN Auto-Uzbekistan» korxonasida ishlab chiqariladi.

«Siqilgan gazda ishlaydigan avtobuslarning ustun jihati shundaki, ular dizel bilan yuradigan avtobuslarga nisbatan sezilarli darajada kam zararli modda chiqaradi. Yangi texnologiyalarning qo‘llanishi natijasida yoqilg‘i xarajati 30-35 foizga kamayadi. Shuningdek, bu avtobuslar past shovqin chiqaradi», — degan «JV MAN Auto-Uzbekistan» vakili.

Avtobuslarga 310 ot kuchiga ega dvigatellar o‘rnatilgan bo‘lib, yo‘lovchilar xavfsizligi va qulayligi uchun harakatni elektron boshqaruv tizimi bilan jihozlangan.

Korxona uch yil davomida poytaxt avtoparkiga 350 dona MAN avtobuslarini yetkazib berishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring