Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«UzAuto Motors» 2020-yilda «Onix» va boshqa yangi modellarni ishlab chiqaradi

«UzAuto Motors» 2020-yilda «Onix» va boshqa yangi modellarni ishlab chiqaradi

Foto: auto.vercity.ru

«UzAuto Motors» kompaniyasi 2020-yilda «Onix» va boshqa yangi modellarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihasi bo‘yicha sa’y-harakatlarni boshlab yubordi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

«2020-yilda xaridorlarga yagona platformadagi «Onix» va boshqa yangi modellarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihasi bo‘yicha sa’y-harakatlar boshlab yuborildi. 2020-yil davomida ushbu avtomobilni yangi platformada ishlab chiqarish jarayoniga tayyorlash maqsadida korxonada sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan korxonada ishlab chiqarish jarayoni 6-yanvargacha vaqtincha to‘xtatiladi.

Kelayotgan 2020-yilda yangi modellarni o‘zlashtirish doirasida ishlab chiqarish jarayonida qisqa tanaffuslar kuzatilishi kutilmoqda. Biroq bu kompaniya tomonidan xaridorlarga avtomobilni o‘z muddatida yetkazib berilishiga to‘sqinlik qilmaydi», — deyiladi kompaniya axborotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring