Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«UzAuto Motors» budjetga yarim trillion so‘m to‘lamagani ma’lum bo‘ldi

«UzAuto Motors» budjetga yarim trillion so‘m to‘lamagani ma’lum bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

2019-yil 1-oktyabrdan boshlab yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanishi belgilangan.

Hisob palatasining ma’lum qilishicha, «O‘zavtosanoat» AJ tizimidagi avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan 2020-yil davomida yig‘im to‘lanmasdan kelinmoqda. Masalan, «UzAuto Motors» AJ tomonidan 2020-yilning yanvar-sentyabr oylarida 582,6 mlrd so‘m yig‘im to‘lanmagan.

Shu sababli Hisob palatasi «O‘zavtosanoat» AJ tizimidagi avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilarni yig‘im to‘lashdan ozod etishni belgilovchi imtiyozni qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqligini ta’kidlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring