Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UzAuto Motors korxona rahbarini ishdan oldi

UzAuto Motors korxona rahbarini ishdan oldi

UzAuto Motors kompaniyasi o‘rganishlar mobaynida «Xorazm Avtosavdo» MChJ dilerlik korxonasi faoliyatida bir qator xato va kamchiliklarga hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligini aniqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, avtosalonda sotuv jarayonlari shaffofligini ta’minlaydigan va avtomobil sotib olayotgan mijozlarga qulay sharoit yaratuvchi tizimli ishlar tashkil qilinmagan.

Avtosalon hamda ta’mirlash uchastkasida xavfsizlik, sanitariya holati belgilangan tartibga mos emas, avtosalon savdo bo‘limi zarur va yetarli darajada xodimlar bilan ta’minlanmagan. Avtomobillarni saqlash va mijozga yetkazib berish bo‘ycha bir qancha kamchiliklar majud bo‘lgan. Sotuv oldi ko‘rigi uchastkasi standart asosida tashkil qilinmaganligi sababli ayrim avtomobillarga umuman bunday ko‘rik amalga oshirilmagan.

Tekshiruv davomida avtosalonning avtomobillar saqlash omborida kamomad borligi, avtomobil ta’mirlash uchastkalarida xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirilmagan xodimlar faoliyat yuritayotganligi holatlari aniqlangan.

Natijada «Xorazm Avtosavdo» dilerlik korxonasi rahbari egallab turgan lavozimidan ozod etilib, mavjud kamchilik va xatolarni bartaraf etish yangi rahbar zimmasiga yuklangan.

Kompaniya dilerlik markazlarida shu kabi holatlarni guvohi bo‘lganlardan 78 141 14 14 raqamlari orqali «Ishonch telefoni»ga murojaat qilishi mumkinligini eslatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring