Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«UZAUTOMOTORS»ga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

«UZAUTOMOTORS»ga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining «UZAUTOMOTORS» AJga nisbatan olib borgan tekshirish natijalari haqida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan hukumat topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida hamda fuqarolardan yozma va ommaviy axborot vositalari orqali kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, «UZAUTOMOTORS» AJda  O‘zbekiston Respublikasi «Raqobat to‘g‘risida»gi qonuni va sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlar talablariga rioya etilishi, shu jumladan, ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar tannarxi shakllanishi va narx qo‘llanilishi asosliligi yuzasidan vakolat doirasida tekshirish o‘tkazildi.

Tekshirish natijalari bo‘yicha jamiyat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida» Qonunining tegishli moddasi talablari buzilishi alomatlari aniqlanib, «UZAUTOMOTORS» AJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, «UZAUTOMOTORS» AJga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining maxsus komissiyasi tomonidan tegishli qaror qabul qilinganidan so‘ng natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etilishi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rasul Kusherbayev va boshqa bir guruh deputatlar «UZAUTOMOTORS» ustidan antimonopol qo‘mita raisiga so‘rov yuborishgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring