Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana bir fojia — Yakkabog‘da 13 yoshli bola YTH qurboni bo‘ldi

Yana bir fojia — Yakkabog‘da 13 yoshli bola YTH qurboni bo‘ldi

Joriy yilning 30-may kuni soat 19:50 larda, Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, Nurafshon MFY hududidan o‘tuvchi 4K-319 «Tanxoz-Yakkabog‘-Esat-Qozoq» avtomobil yo‘lining 6 km.da haydovchi, 2001-y.t. B.R. (erkak) «Kombi-Moskvich-IJ» rusumli transport vositasini Yakkabog‘ shahri yo‘nalishi tomon boshqarib borayotib, yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga yugurib o‘tayotgan piyoda, 2007-yilda tug‘ilgan G‘.T.ni urib yuborib, yo‘lning chap tomonidagi kanalga ag‘darilib, YTH sodir etgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

YTH natijasida piyoda 13 yoshli G‘.T. (o‘g‘il bola) og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan. Mazkur YTH yuzasidan Yakkabog‘ tuman IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmokda. Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam Jizzaxda e’tiborsizlik oqibatida 6 yoshli bola vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Barcha haydovchilardan piyodalarga e’tiborli bo‘lishlarini, piyodalar belgilanmagan joylardan yo‘lni kesib o‘tmasliklarini, barcha yo‘l harakati qatnashchilari yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini so‘rab qolamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring