Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana ikkita bank avtomobillarni kreditga beradi

Yana ikkita bank avtomobillarni kreditga beradi

Foto: «baysideautosales.net»

O‘zbekistonda avtomobillarga oshib borayotgan talab va istaklarni inobatga olgan holda xususiy va tijorat banklari «Avtokredit» turini joriy qilishda davom etadi. Quyida yana ikkita bank tomonidan ajratilgan avtokreditlar bilan tanishing!

«Ravnaqbank» XATB quyidagi hollarda avtokreditlar ajratadi:

— yuridik shaxslarga va xususiy tadbirkorlarga avtotransport vositasini birlamchi yoki ikkilamchi bozordan xarid qilishga;

— jismoniy shaxslarga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtotrnasport vositalarini birlamchi yoki ikkilamchi bozordan xarid qilishga.

Foiz stavkalari:

— 1 yilgacha muddatga qisqa muddatli kreditlar — 19% yillik;

— 3 yilgacha muddatga uzoq muddatli kreditlar — 22% yillik.

Kredit kamida 125 % miqdorida ta’minotga ega bo‘lishi lozim. Ta’minot sifatida quyidagilar taqdim etilishi mumkin:

— Pul mablag‘lari garovi;

— Transport vositalari, ko‘chmas mulk va boshqa mulklar garovi;

— Sug‘urta polisi;

— Uchinchi shaxs kafilligi.

Agar kredit miqdori xarid qilinayotgan avtoransport vositasi narxining 80 %idan oshmasa, ta’minot sifatida faqat xarid qilinayotgan avtotransport vositasining o‘zi qabul qilinishi mumkin.

«Hamkorbank» ATB tomonidan ajratilgan avtokreditlar kredit mablag‘lari hisobiga ikkilamchi bozordan avtotransport sotib olish uchun mo‘ljallangan.

Avtokreditlar ikkilamchi bozordan so‘nggi 5 yil ichida O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini xarid qilish imkoniyatini beradi.

Kredit shartlari:

Kredit miqdori — eng kam ish haqqining 1000 barobarigacha;

Kredit muddati — 48 oygacha;

Boshlang‘ich to‘lov — kredit miqdoridan 25% va undan yuqori.


Eslatib o‘tamiz, AT «Aloqabank» tomonidan «GM Uzbekistan» rasmiy dilerlaridan pul ko‘chirish yo‘li bilan avtomobillarni xarid qilish uchun «Avtokredit» iste’mol krediti joriy qilingan edi.

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va ichki bozorda rasmiy dilerlar tarmog‘i orqali sotiladigan «GM Uzbekistan» AJ avtomobillarini olish uchun «Asia Alliance Bank» tomonidan jismoniy shaxslarga iste’mol kreditlari ajratilgan edi.

«Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida qulay va oson shartlar asosida «Avtokredit» turini taqdim etgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring