Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi avtomobillar sotuvi 1,5 foizga pasaydi — jahon bozori

Yangi avtomobillar sotuvi 1,5 foizga pasaydi — jahon bozori

Foto: «Neva-info»

2019-yilning iyul natijasiga ko‘ra, jahonda yengil avtomobillar hamda yengil tijoriy mashinalar (LCV) savdosi taxminan 7,3 mln.tani tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda 1,5 foiz kam degani. Xabarni «Avtostat» tahliliy agentligi yetkazdi.

2019-yilning yanvaridan iyulgacha dunyo bo‘yicha jami 52,5 mln yangi yengil avtomobil va LCV segmentidagi mashinalar sotildi. Bu o‘tgan yil sarhisobiga nisbatan 5,8 foiz kam.

Mazkur avtomobillar savdosi bo‘yicha birinchi o‘rinni Xitoy egalladi. U yerda iyulda 1,8 mln. mashina sotilgan — 2018-yildagiga qaraganda 4,4 foiz kam. Xitoy mana o‘n uch oydirki sustlashgan savdo dinamikasini namoyish etishda davom etyapti. Avto bozorining salbiy tendensiyasiga mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish sekinlashuvi hamda Qo‘shma Shtatlar bilan savdo urushi ta’sir ko‘rsatmoqda.

Jahon avtomobil bozoridagi ko‘rsatkich bo‘yicha AQSh ikkinchi o‘rinda turibdi. U yerda iyulda 1,4 mln. mashina xarid qilingan bo‘lib, bu 2018-yilga qaraganda 2,2 foiz ko‘p.

Kuchli uchtalikka G‘arbiy Yevropa mamlakatlari avtobozorlari ham kiritilgan. U yerda bir oyda 1,3 mln. yengil avtomobil sotilgan. Bu o‘tgan yildagiga qaraganda 1,3 foiz ko‘p.

Undan keyin Yaponiya (453,9 ming dona), Sharqiy Yevropa (325,4 ming dona), Janubiy Amerika (279,9 ming dona), Kanada (173,7 ming dona) va Janubiy Koreya (145,6 ming dona) avtobozorlari odimlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil iyunda jahonda yengil avtomobil va yengil tijoriy mashinalar savdosi 7,8 mln. donani tashkil etgandi, bu 2018-yil iyunga qaraganda 6,4 foiz kam. 2019-yilning dastlabki olti oyida yangi avtomobillar savdosi dunyo bo‘yicha 45 mln. 159 mingtani tashkil etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring