Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya benzinda yuradigan avtomobillar sotuvini to‘xtatmoqchi

Yaponiya benzinda yuradigan avtomobillar sotuvini to‘xtatmoqchi

Foto: «Tvoe-avto.com»

2030-yillarning o‘rtalariga kelib Yaponiya benzinli dvigatelli yangi avtomobillarni sotuvdan chiqarib tashlaydi. Hozir ushbu masala bilan mamlakat iqtisodiyot, savdo-sanoat vazirligi shug‘ullanmoqda.

«Kiodo» agentligining xabariga ko‘ra, 2030-yillarning o‘rtalariga qadar sotuvga qo‘yilgan barcha yangi avtomobillarga gibrid, elektr yoki vodorodli dvigatellar o‘rnatilishi zarur.

Bunga Yaponiya bosh vaziri Yosixide Sugining 2050-yilgacha Yaponiyani issiqxona gazlaridan xoli davlatga aylantirish haqidagi niyati turtki berdi. Agar iqtisodiyot, savdo-sanoat vazirligi benzinli dvigatellardan bosh tortishni maqsad qilsa, bu ishlab chiqaruvchilarni elektr dvigatellar sohasidagi ishlarini yanada jadallashtirishiga undaydi.

Ushbu maqsadda aniq yo‘nalishlar yil oxirigacha shakllantirilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring