Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yetti milliarder va sarmoyalar: ular pullarini nimalarga tikishmoqda?

Yetti milliarder va sarmoyalar: ular pullarini nimalarga tikishmoqda?

Sarmoya kiritishning yo‘llari juda ko‘p, biroq omad hammaga ham emas. Bu yerda gap omadda ham emas, ishning ko‘zini bilishda, to‘g‘rirog‘i. Masalan, biz quyida to‘xtalib o‘tadigan eng muvaffaqiyatli sarmoyadorlarni olaylik.

Odatda bu toifa ishbilarmonlar xilma-xillikni yaxshi ko‘rishadi: iqtisodiyotning an’anaviy sektorlaridan tortib, eng ilg‘or texnologiyalargacha pullarini ayab o‘tirishmaydi.

Aynan diversifikatsiya uzoq istiqbolda ko‘plab risklarni kamaytirib, daromadni optimallashtirish imkonini beradi, deyishadi ko‘plab tahlilchilar va strateglar.


Larri Peyj

«Google» asoschilaridan biri pullarini turli kompaniyalarga kiritishi bilan nom qozongan.

Uchar avtomobillardan tortib, kosmik kemalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalargacha uning aksiyalari bor.

Asosiy pullarini esa quyidagi kompaniyalar kiritgan:

  • «Tesla»
  • «Kitty Hawk»
  • «Opener»

Jeff Bezos

Dunyoning eng badavlat kishisi, «Amazon» asoschisi uzoq muddatli sarmoyalar kiritishni xush ko‘radi.

U vaqti kelishi bilan rivojlanishi kutilayotgan sektorlarga sarmoya kiritishga harkat qiladi. Xususan, yirik telekommunikatsiya kompaniyalari va aerokosmik sohadagi startaplar.

Asosiy sarmoyalari:

  • «Washington Post»
  • «Blue Origin»
  • «Uber»

Karlos Slim

Bir paytlar Karlos Slim ham dunyodagi eng boy odam edi. Meksikalik magnatning investitsiyalari neft-gaz sohasidan tortib telekommunikatsiyalargacha kirib borgan.

Ayni paytda esa quyidagi kompaniyalarda ulushi bor:

  • «Realia Business»
  • «The New York Times»
  • «YPF»

Mark Sukerberg

«Facebook» asoschisi startaplarni yaxshi ko‘radi. O‘z pullarini sun’iy intellekt va dasturlar ishlab chiqishga kirityapti.

Asosiy sarmoyalari:

  • «Vicarious»
  • «Walk»
  • «Asana»

Bill Geyts

Ancha payt dunyoning badavlat kishisi hisoblangan, «Microsoft» kompaniyasi asoschilaridan bo‘lmish Bill Geyts hozir asosiy vaqtini va pullarini saxovatpeshalikka sarflash bilan band.

Shunga qaramasdan, juda ko‘p sohalarga oqilona kiritgan investitsiyalari sababli puli hech ham kamaymaydi. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari va salomatlik sohasida inqilobiy o‘zgarish yasashi mumkin bo‘lgan texnologiyalar bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarni tinmay kuzatib boradi.

 Investitsiyalari:

  • «Breakthrough Energy»
  • «Ventures»
  • «Berkshire Hathaway»
  • «Coca-Cola»

Bernar Arno

Fransuz milliarderi Bernar Arno o‘z milliardlarini lyuks toifasidagi mahsulotlar, xususan, kiyim-kechaklar sotishdan topgan.

Ayni paytda LVMH kompaniyalari guruhi egasi, nafaqat modalar olamida, shuningdek, investitsiyalar sohasida ham uzoqni oldindan ko‘ra bilish salohiyatiga ega.

«Modalar qiroli» pullarini o‘zi tushunmagan sohalarga sarflamaydi:

  • «Louis Vuitton»
  • «Christian Dior»

Uorren Baffett

Gap sarmoyalar haqida ketarkan, sohaning tirik afsonasi Uorren Baffettni eslmaslikning ilojisi yo‘q.

U AQShdan tashqarida ham eng muvaffaqiyatli investor sifatida e’tirof etilgan. Aynan o‘z strategiyasi orqali dunyoning eng boy odamlaridan biriga aylandi.

Avvaliga pullarini bank sohasi va OAVga tikkan Baffett keyinchalik boshqa yo‘llarni kashf etdi.

Quyidagi nomlarning o‘zi ham uning kimligini aytib turibdi, mana uning sarmoyalari tikilgan kompaniyalar:

  • «Amazon»
  • «Apple»
  • «Coca-Cola».
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring