Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OAV: David Silva Qatar klubiga o‘tishi mumkin

OAV: David Silva Qatar klubiga o‘tishi mumkin

Foto: «E-wiki»

«Manchester Siti»ning ispaniyalik yarimhimoyachisi David Silva Angliya chempionatini Qatar chempionatiga almashtirishi mumkin. Bu haqda bugun, 26-may kuni «The Sun» xabar berdi.

Nashr manbasiga ko‘ra, Qatar futbol klublaridan biri 33 yoshli ispan futbolchisiga 14 mln. yevro qiymatidagi ikki yillik shartnoma taklif etmoqda.

Ta’kidlanishicha, Silvaning ketishi «MS» uchun katta yo‘qotish bo‘ladi, biroq futbolchining o‘zida bu yerda qolishdan ko‘ra ketishga moyillik kuchliroq. Uning «shaharliklar» bilan shartnomasi 2020-yilgacha tuzilgan, transfer qiymati esa taxminan 25 mln. yevroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun: David Silva «Manchester Siti»ga 2010-yili «Valensiya»dan kelib qo‘shilgan. «MS» bilan birga to‘rt marta Angliya chempioni bo‘lib, ikki marotaba Angliya kubogini qo‘lga kiritgan. Bu yilgi mavsumda u klub tarkibida 50 marta maydonga tushib, 10 ta gol, 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring