Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya Germaniyadan ustun. Portugaliya so‘nggi daqiqalarda «quturdi»

Fransiya Germaniyadan ustun. Portugaliya so‘nggi daqiqalarda «quturdi»

Foto: UEFAcom

Yevropa chempionatining «o‘lim guruhi»da 1-tur bahslari o‘tkazildi. 

Dastlab, Portugaliya termasi mehmonda Vengriya bilan bahs olib bordi va so‘nggi daqiqalarda ketma-ket gollar urib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Yevro-2020. F guruhi. 1-tur

Vengriya — Portugaliya 0:3

Gollar: Gerreyru (84), Ronaldu (87 penalti, 90+2).

Vengriya – Gulachi, Fiola (Varga 88), Salai, Botka, Lovrenchich, Shafer (Nego, 66), Nad (R.Varga, 90+5), Shallai (Shen, 78), Klyaynhaysler (Shiger, 78), Orban, Salai. 

Portugaliya – Rui Patrisiu, Semedu, Pepe, Ruben Diash, Gerreyru, Danilu Pereyra, Vilyam Karvalyu (Sanshesh, 81), Bernardu Silva (Rafa Silva, 71), Brunu Fernandesh (Moutino, 89), Diogu Jota (Andre Silva, 81), Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Ruben Diash (38), Nego (80), Orban (86).

Guruhning ikkinchi o‘yinida ikki gigant – Fransiya va Germaniya termalari bahslashdi. Uchrashuvdi Xummelsning avtogoli fransuzlarga g‘alaba keltirdi.

Fransiya — Germaniya 1:0

Gollar: Hummels (20, avtogol).

Fransiya – Loris, Varan, Pavar, Kimpembe, Ernandes, Pogba, Kante, Rabo (Dembele, 90+4), Mbappe, Benzema (Tolisso, 88), Grizmann.

Germaniya – Noyer, Ryudiger, Ginter (Jan, 87), Hummels, Gozens (Folland, 88), Gundo‘g‘an, Kroos, Haverts (Sane, 74), Kimmix, Myuller, Gnabri (Verner, 74).

Ogohlantirish: Kimmix (7).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring