Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

10 yil avval izsiz yo‘qolgan bola Samarqanddan topildi (video)

10 yil avval izsiz yo‘qolgan bola Samarqanddan topildi (video)

Skrinshot: «Zamon»

2009-yilda Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi Zarif akaning 8-sinfda o‘qiydigan o‘g‘li ayrim sabablarga ko‘ra uydan chiqib ketadi. Oradan 10 yil o‘tgach, bola IIV xodimlari harakati natijasida Samarqand shahridan topildi. Bu haqda «Zamon» ko‘rsatuvida xabar berildi.

Samarqand viloyati patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi realibitatsiya markazi rahbari Otabek Xudoyorovning aytishicha, joriy yilning 13-fevral kuni Samarqand shahrida o‘tkazilgan reydlarning birida shaxsini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlarsiz yurgan fuqaro aniqlangan. U o‘zini G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan Hotamov Farrux deya tanishtirgan. Tekshiruvlar bu ma’lumotlarning to‘g‘ri ekanligini tasdiqladi.

Farrux Hotamov qilgan ishi uchun kechirim so‘rab, bundan buyon akalari bilan birga hunarmandchilik qilib pul topishini aytdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring