Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ho‘kiz tufayli 12 kishi halok bo‘ldi

Ho‘kiz tufayli 12 kishi halok bo‘ldi

Foto: «Pixabay»

Hindiston shimoli-g‘arbidagi Rajastan shtatida mikroavtobusning yo‘l-transport hodisasiga uchrashi natijasida 12 kishi halok bo‘ldi. Yana 10 kishi turli darajadagi tan jarohatlari oldi, deb xabar beradi 18news.com.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi buqa bilan to‘qnashuvga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilgan, boshqaruvni yo‘qotgan va ajratish to‘sig‘iga urilgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, buqa yo‘lda kutilmaganda paydo bo‘lgan.

Voqeada 12 kishi, shu jumladan besh nafar ayol va bir bola halok bo‘ldi. Yana 10 kishi jarohatlangan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlarning to‘rt nafari Jaipurdagi shifoxonaga yetkazilgan, qolgan olti kishi Nagaurdagi shifoxonada davolanmoqda.

Voqea tongda sodir bo‘lgan, politsiya mikroavtobus Laturadan Hisorga ketayotganini qo‘shimcha qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring