Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qiz o‘ziga uylanaman deya aldagan yigitning «Jentra»sini qasddan yoqib yubordi

Qiz o‘ziga uylanaman deya aldagan yigitning «Jentra»sini qasddan yoqib yubordi

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

19-sentyabr kuni Uchtepa tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabar kelib tushdi.

Unda ma’lum bo‘lishicha, 11-mavzeda 19 yoshli Sitora G. tomonidan 23 yoshli Asilbek N.ga tegishli bo‘lgan «Lacetti Jentra» rusumli avtomobil yoqib yuborilgan.

Tergov oldi tekshiruvlari davomida aniqlanishicha, vaqtinchalik Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi Sitora G. va jabrlanuvchi o‘rtasida ma’lum vaqt muhabbat bo‘lgan. Asilbek keyinchalik Sitoraga uylanishini va’da qilgan, ammo va’dasida turmagan.

Umidsizlikda qolgan qiz yigitning avtomobiliga ichidan va tashqarisidan benzin quyib, yoqib yuborgan. Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring