Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent aeroportida terrorchilarni qo‘lga olish operatsiyasi o‘tkazildi (foto)

Toshkent aeroportida terrorchilarni qo‘lga olish operatsiyasi o‘tkazildi (foto)

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tezkor harakatlanuvchi bo‘linmalarining yuqori jangovar shaylik holatiga keltirish maqsadida Toshkent sharqiy aeroportida samolyotda garovga olinganlarni ozod qilish, qurollangan terrorchilarni zararsizlantirish bo‘yicha aksilterror operatsiyasi, shuningdek, garovdagi fuqarolarni ozod qilishga qaratilgan amaliy taktik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu mashg‘ulotda harbiy xizmatchilar fuqarolarni ozod qilish maqsadida terrorchilar o‘rnashib olgan samolyotga turli jangovor usullarda qo‘qqisdan zarba berish va ularni yakson qilish harakatlarini amalga oshirdi. O‘quv mashg‘uloti davomida bo‘linmalarning hududga joylashishi, kuzatuv punktini jihozlash, razvedka ishlarini o‘tkazish, terrorchilar bilan muzokara olib borish, yangi usul va uslublardan foydalangan holda jangovar juftlik tartibida taktik manyovrlarni amalga oshirish, hamkorlikdagi kuchlar bilan birgalikda qo‘yilgan vazifani bajarish bo‘yicha mashqlar innovatsion yondashuvlar asosida ko‘rsatildi.

«Amaliy taktik o‘quv mashg‘ulotida ko‘zlangan maqsadga erishilib kelgusidagi amaliy harakatlar bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. Maxsus-taktik mashg‘ulotlarda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari o‘zlarining yuksak professional mahoratini, yuqori jangovar shayligini, bir tanu bir jon bo‘lib harakatlanishini namoyon eta oldi. Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlar Milliy gvardiya tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida muntazam ravishda amalga oshirilmoqda»,-deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring